HAMROBOYEV Ibrohim Hamroboyevich

HAMROBOYEV Ibrohim Hamroboyevich (1920.05.05, hoz. Qirgʻiziston Respublikasining Ush viloyati, Uzgan sh. — 2002.29.06, Toshkent) — geolog olim. Oʻzbekiston FA akad. (1973), Oʻzbekistonda (1970) va qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980). Oʻrta Osiyo davlat un-ti geologiya f-tini tugatgan (1942). Choruxdayron geol.-qidiruv parti-yasi va Pomir ekspe-ditsiyasida geolog (19421948); Oʻzbekiston FA Geol. va geofizika in-tida katta ilmiy xodim (1947—49), lab. va boʻlim mudiri (1949—2002), fan boʻyicha direktor oʻrinbosori (1958— 1959), shu in-t direktori (1960—1992) va konsultanti (1992—2002). Oʻzbekiston FA Yer haqidagi fanlar boʻlimi raisi (1994—1996). Ilmiy ishlari, asosan, Oʻrta Osiyo magmatizmi, ayrim majmuali formatsiyalarning geokimyoviy va metallogenik xossalariga bagʻishlangan. 1950-y. larda Oʻrta Osiyoda oltin bilan margimushning uzviy paragenezisini aniqladi. Shu asosda yangi oltin konlari (Chormiton, Muruntov, Tom-ditov va b.) topildi. Hamroboyev oltinli ruda konlari hosil boʻlishida Yer ichki tuzilishining ahamiyati haqidagi gʻoyani rivojlantirdi, Oʻzbekistonda oltin va b. muhim rudalarni qazib chiqarish sanoatini rivojlantirish bilan shugʻullangan. Gʻarbiy Oʻzbekistonning metallogenik xaritasini tuzgan.

Xalqaro geologik kongresslar (Daniya — 1960, Hindiston — 1964, Fransiya — 1959, Chexoslovakiya — 1963, Norvegiya — 1966, Italiya — 1974) qatnashchisi. Hamroboyev nomiga yangi topilgan mineral (hamroboyevit) qoʻyilgan. Geologiya va geofizika in-tida Hamroboyevning xona muzeyi tashkil qilingan. Davlat mukofotlari (1960, 1966), Beruniy nomidagi Oʻzbekiston davlat mukofoti laureati (1989). «Shuhrat» medali (1994) bilan muko-fotlangan.

As: Eksperimentalnoye modelirovaniye protsessov magmatogennogo porodo – i rudoob-razovaniya, T, 1976 (v soavtorstve); Petro-grafiya asoslari (darslik), T., 1964, 1984 (xam-mualliflikda); Priroda sloyev i granisli-tosferi Sredney Azii, T, 1988 (v soavtor-stve); Evolyutsiya magmatizma v Sredney Azii, M., 1986 (v soavtorstve); Magmaticheskiye, metasomaticheskiye formatsii i svyazannme s nimi orudeneniya, T., 2005.

Ad.: K 85-letiyu akademika I. X. Xamrabayeva. Vospominaniya, T., 2005.