HAMRO POLVON

HAMRO POLVON Shodiyev (1892, Romitan tumanidagi Rabotarak qish-logʻi — 1942.4.8, Buxoro) — Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakat rahbarlaridan biri, polvon. Yoshligidan boshlab polvon sifatida nom chiqargan, buxorocha kurashning mohir ustasi hisoblangan. S. Ayniyning yozishicha, Hamro polvon Buxoroda oʻtkazilgan Guli surx sayli — Navroʻz bayramida barcha raqiblari kuragini yerga tekkizib, Buxoro amirligining bosh polvoni deb topilgan (1911-y. mart). U keyinchalik yuzboshi unvoniga sazovor boʻlib, Amir Said Olimxon saroyida xizmat qilgan.

Buxoro bosqinipan soʻng Hamro polvon boshchiligidagi harbiy toʻda Buxoro va uning atrofida qizil askarlarga qarshi kurashgan (1920 — 23). Soʻngra u qurolli kurashni toʻxtatgan va tinch hayotga qaytgan (1924).

20-a. ning 20|-y. lari oʻrtalaridan boshlab BuxorO vohasidagi Jilvon mavzesini oʻzlavdtirishga kirishgan. Sovet rejimi tomonidan u 3-marta qamoqqa olingan. Buxoroning Gʻoziyon madrasasida maxsus qamoqxonada ochlikdan vafot etgan. 1992-y. 30-martda oqlangan. Xoki Shofirkon tumanidagi Oqmozor qabristoniga qayta dafn etilgan (2004-y. may). H. p. faoliyati haqida yozuvchi Dilshod Rajab «Jil-von oʻgʻloni» tarixiy essesini yozgan (2001). Shofirkon tumani Jilvon mavzesidagi oʻzi asos solgan qishloqqa Hamro polvon nomi berilgan. Har yili bu yerda Hamro polvon xotirasiga atab respublika miqyosida yosh kurashchilar musobaqasi muntazam oʻtkazilmoqda.

Ad.: Oʻzbekistonning yangi tarixi. 2-kitob [Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida), T., 2000; Rajabov Q., Buxoroga qizil armiya bosqini va unga qarshi kurash, T, 2002. Qahramon Rajabov.