HAMRAYEV Shahob Shamsiyevich

HAMRAYEV Shahob Shamsiyevich (1935. 10.5, Shofirkon tumani) — ortopedtravmatolog olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1999), tibbiyot fanlari d-ri (1974), prof. (1976). ToshTIning pediatriya f-tini tugatgach (1958), Buxoro viloyati Jondor tumani markaziy shifoxonasi xirurgi, boʻlim mudiri (1958—59). Travmatologiya va ortopediya i. t. in-stitutida klinik ordinator (1959 — 61). Toshkent vrachlar malakasini oshirish in-tida aspirant (1961 — 64), assistent (1964—74). Shu in-t xirurgiya f-ti dekani va ayni chogʻda shu in-t travmatologiya va ortopediya kafedrasi mudiri (1974—85). ToshTI oʻquv ishlari boʻyicha prorektor (1985 — 87). Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari (1987 — 90), respublika bosh ortoped-trav-matologi (1975-87). 1990-y. dan Respublika ixtisoslashtirilgan boʻgʻin va panjalar jarrohligi markazi direktori. Ilmiy faoliyati qoʻl bar-mogʻi jarohati va kasalliklari, surunkali osteomiyelit, sunʼiy boʻgʻimlar oʻrnatish (endoprotezlash), revmatoid artritlarni ortoped-xirurgik usulda davolash, shuningdek, suyak, togʻay va muskullarning plastik operatsiyasiga va b. masalalarga oid.

As: Provodnikovoye obezbolivaniye nervnn stvolov i spleteniy pri operatsii na konechnostyax, T., 1990; Kaft va barmoqlarning jarohatdan keyingi kontrakturalarini apparat-jarroxlik usulida davolash, T., 1996; Komp-leksnoye lecheniye ishemicheskoy kontrakturm palsev i kistey, T., 2004.