HAMO

HAMO — Suriyaning gʻarbiy qismidagi shahar, Al-Asi vodiysida. Hamo muhofazasining maʼmuriy markazi. Aholisi 265 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Q. x. (don, paxta, mevalar) r-nining savdo markazi. Toʻqi-machilik, oziq-ovqat, sement, metallurgiya sanoati korxonalari mavjud.