HAMIDOV

HAMIDOV Husniddin (1935.5.1, Chimboy tumani) — qoraqalpoq tilshunosi. Oʻzbekiston FA akad. (2000), Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi(1993), filol. fanlari d-ri (1990). Qora-qalpogʻiston peda-gogika in-ti rus tili va adabiyoti f-tini tugatgan (1955). Chimboy tumani maktablarida oʻqituvchi (1955 — 59). Oʻzbekiston FA Qoraqalpogʻiston boʻlimining N. Dovqorayev nomidagi Til va adabiyot in-tida kichik, katta ilmiy xodim (1960—71; 1983 — 86), boʻlim boshligʻi (Sharq qoʻlyozmalari boʻlimi, 1971— 83; Mumtoz qora-qalpoq adabiyoti va Sharq qoʻlyozmalari boʻlimi, 1986—89; qoraqalpoq tili tarixi, dialektologiyasi va qoʻlyozmalar boʻlimi, 1989-y. dan). Hamidovning ilmiy ishlari asosan qoraqalpoq tilining tarixiga — uning tarixiy leksikologiyasi, grammatikasi, soʻz yasalishi masalalariga bagʻishlangan. Hamidov, shuningdek, Sharq qoʻlyozmalarini toʻplash, izoxlash va nashrga tayyorlash ishlari bilan ham shugʻullanib keladi.

As: Koraqalpaqtili tariyxshsh ocherklari, Nokis, 1974; Yeski qaraqalpaqtilinin jazba yestelikcheri, Nokis, 1985; Karakal-pakskiy yazmk XIX — nachala XX vv. po dan-nnm pismennmx pamyatnikov, T., 1986; rukopisnoye naslediye Berdaxa, Nukus, 1995.