HAMIDOV Rustam Muhsinovich

HAMIDOV Rustam Muhsinovich (1949.15.7, Toshkent) — rej., Oʻzbekiston xalq artisti (1992), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1985). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tini tugatgan (1972). 1972-93 y. lar Hamza teatrida rej., bosh rej., 1993-97 y. larBayramlar oʻtkazish direksiyasi rahbari, 1997-2005-y. lar Toshkent sh. madaniyat boshqarmasi boshligʻi. «Koʻrmayin bosdim tikonni» (I. Sul-ton) spektakli uning dastlabki yutugʻi boʻldi. «Qiyomat qarz», «Shoshma, quyosh», «Kuzning birinchi kuni», «Arizasiga koʻra», «Kurort» (hammasi Oʻ. Umarbekovniki), «Oʻgrini qaroqchi urdi» (Shukrullo), «Kuyov» (S. Ahmad), «Olovni tashlama, Pro-metey» (M. Karim), «Baland qoyadagi ayollar» (Vuoliyoki), «Gʻiybat» (A. Salinskiy), «Alla» (T. Minul-lin), «Hazrati ayol» (O. Jahonova) kabi spektakllarni sahnaga qoʻygan. Andijon teatrida qoʻyilgan «Shohona ishrat» (V. Gyugo) spektakli rej. ning jahon mumtoz dramaturgiyasi sohasidagi dastlabki izlanishi boʻldi, 1984-y. Ye. Simonovga O«tel-lo» spektaklini qoʻyishda hamkorlik qildi va 1988-y. mustaqil «Ko-riolan» (U. Shekspir) ni sahnalashtirdi. Hamidov sahnalashtirgan spektakllari romantik koʻtarinkiligi, mavzular xilma-xil va dolzarbli-gi, yumorga boyligi, hajviy oʻtkirligi bilan ajralib turadi.

Oʻzbekistonda teatrlashgan ommaviy tomoshalar turi rivojlanishida Hamidovning oʻrni alohida. 1992-y. dan buyon oʻtkazilayotgan «Mustaqillik», «Navroʻz» kabi bayramlarning ssenariy mualliflaridan biri, rej. i, bosh rej. i. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1989). «Mehnat shuhrati» ordeni bilan muko-fotlangan (1998).