HAMIDOV Juma Hamidovich

HAMIDOV Juma Hamidovich (1931.15.1, Xatirchi tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (2000). Toshkent ped. institutini tugatgan (1959). 1959-y. dan Karmana tumanidagi 3-maktabda, 1963—2000-y. larda Navoiy sh. dagi 5-maktabda geogr. oʻqituvchisi. Darsda muammoli dars, sayohat darslari usullaridan unumli foydalangan.