HAMIDOV Jahongir Hakimovich

HAMIDOV Jahongir Hakimovich (1930.20.6. Toshkent) — molekulyar biol. va hujayra biol. si sohasidagi olim, Oʻzbekiston FA akad. (1987), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980), biol. fanlari d-ri (1964), prof. tuti patogistologiya lab. da (1960—61), Oʻzbekiston FA Yadro fizikasi in-ti radiatsion sitologiya lab. da (1961—65) katta ilmiy xodim, Oʻzbekiston FA Zoologiya va parazitologiya in-ti sitogi-stokimyo (1965—67), Biokimyo in-ti sitokimyo va elektron mikroskopiya (1967—70; 1984-87) lab. mudiri, 1998-y. dan hujayra biol. si labora-toriyasida bosh ilmiy xodim, shu in-t direktori (1970—79); Oʻzbekiston FA Prezidiumi biol. fanlari boʻlimi akademik kotibi (1979—84, 1987-89, 1991—97), Oʻzbekiston KP MK kotibi (1989—91). Ilmiy ishlari endokrin sistemasi organlarining nurlanish kasalligiga bagʻishlangan. Uning rahbarligida tireo-id gormonlar faolligini genetik boshqarish mexanizmi ishlab chiqilgan; radioaktiv nurlarning kichik dozada rivojlanayotgan organizmda qalqonsimon bez funksiyasini oshirishi aniqlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati (1990—94). Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1992).

As: Reaksiyaembrionalnktkaney na dey-stviye gormonov, T., 1976 (v soavtorstve); Krov i krovetvoreniye pozvonochnmx, T, 1978 (v soavtorstve); Elektronno-mikroskopiches-kiy atlas elementov gemopoeza, T., 1986; Umumiy biologiyadan amaliy mashgʻulotlar, T., 1970 (hamkorlikda); Tibbiy biologiya va genetika (darslik), T., 2005 (hamkorlikda).