HAMIDOV

HAMIDOV Abdusalom (1885-Buxoro—1940) — kandakor usta. Buxoro kandakorlik maktabining yirik vakili. Hamidov anʼanaviy naqsh mujassamo-tiga yangi ramz va ohanglarni olib kirgan; yulduz, gerb, bugʻdoy boshogʻi, gʻoʻza chanogʻi, odam tasvirlari va b. H. koʻplab shogirdlar tayyorlagan (sho-girdlari orasida oʻgʻli Salimjon Hamidov ham bor). H. ishlaridan namunalar respublika muzeylarida saqlanadi.