HAMID GʻULOM

HAMID GʻULOM (Gʻulomov Hamid Ubaydullayevich) (1919.25.4 — Toshkent — 2005.21.8) — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1979), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1969). Oʻrta Osiyo industrial in-tining ishchilar (1933) va togʻ f-tlarini, Pedagogika intining rus tili va adabiyoti f-tida Moskvadagi Oliy adabiyot kursida taʼlim olgan. «Qizil Tojikiston» gaz. da adabiy xodim (1938-41), JCHM Oʻzbekiston davlat nashriyotida muhar-rir (1941— 42), respublika radio komitetida suxandon va muharrir (1943 —44), «Qizil Oʻzbekiston» gaz. da boʻlim mudiri va masʼul kotib (1944 — 54), «Literaturnaya gazeta»ning Oʻzbekiston boʻyicha maxsus muxbiri (1956 — 58), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi hayʼatida kotib (1958—65), «Sharq yulduzi» jur. da bosh muharrir (1965—71), Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida direktor (1971—81).

Ilk sheʼrlar toʻplami — «Qasosim bor» (1942). «Haykal» (1943), «Salyut» (1945), «Vatan kuylari» (1949), «Yangi bogʻ» (1951), «Dalamizga keling» (1954), «Qitʼalar uygʻoq» (1960), «Oshiq koʻngil» (1974) singari sheʼriy toʻplamlar hamda «Hayot ishqi», «Lola koʻl», «Amazonka qoʻshigʻi» singari dostonlar muallifi. Hamid Gʻulom sheʼriyatiga xos asosiy xususiyat shunda-ki, u lirik qahramonning ruhiy ola-mini ochish, uning tuygʻu va kechin-malaridagi iztirob va ichki kurashni tasvirlashga emas, balki umuminsoniy fikr va gʻoyalarni kuylashga koʻproq urgʻu bergan. Koʻpincha tanta-navor ohanglar yordamida voqelikka boʻlgan munosabatini ifodalashga, kitobxon bilan muloqotda boʻlishga intilgan.

Hamid Gʻulom «Olmos qizi» (1956) ilk qissasidan keyin nasriy janrlarda koʻproq ijod qilgʻan. 2 kitobdan ibo-rat «Mashʼal» (1958—61) romanida oʻtgan asrning 20-y. larida Oʻzbekistonda sotsialistik tuzumning barpo etilishi bilan bogʻliq voqealarni aks ettirishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan. Mazkur romandagi bir necha qahramonlar (Botirali, Eʼzozxon va b.) obrazi mahorat bilan tasvirlanganiga qaramay, murakkab va hatto fo-jiali tarixiy davr unda oʻzining bir yoqlama ifodasini topgan. Yozuvchi «Senga intilaman» (1963) romanida 50-y. larda qoʻriq va boʻz yerlarning oʻzlashtirilishi mavzuiga murojaat etgan, «Toshkentliklar» (1967) roma-nida esa hamshaharlarining 2-jahon urushidan avvalgi va urush yillaridagi fidokorona mehnatini tasvirlash asosida oʻzbek xalqiga xos jasorat va qahramonlikni badiiy mujassamlantirishga intilgan. Hamid Gʻulomning «Binafsha atri» (1976) romani ham Mirzachoʻlning oʻzlashtirilishi mavzuida. Hamid Gʻulom tarixiy-inqilobiy mavzudagi «Mangulik» (1978) romanidan keyin mumtoz oʻzbek adabiyotining mashhur namoyandasi Mashrab hayotiga bagʻishlangan navbatdagi romanini yaratgan.

Hamid Gʻulom musiqali drama teatri uchun «Fargʻona hikoyasi», «Oʻgʻil uylantirish» (1963), «Dil koʻzgusi», «Tosh-bolta oshiq» (1965), «Ajab savdolar» (1968) va «Muhabbat navosi» pyesalari hamda opera teatri uchun «Xo-razm qoʻshigʻi» (1964) librettosini yozgan. Komik rollar ustasi S. Xoʻjayev ijro etgan Toshbolta oshiq toʻgʻrisidagi komediyasi Muqimiy teatrida sahnalashtirilgan.

U. Shekspirning «Oʻn ikkinchi kecha», Lope de Veganing «Qoʻzi buloq» pyesalari, Firdavsiy «Shohnoma»siga kirgan ayrim dostonlar, shuningdek, A. Pushkin, M. Lermontov, T. Shev-chenko, M. Gorkiy va b. yozuvchilarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

«El-yurt hurmati» (1988) va «Meh-nat shuhrati» (2004) ordenlari bilan mu kofotlangan.

As. Tanlangan asarlar [3 j. li], 1—3j. lar, T., 1962—72; Lola koʻl, T., 1973; Asarlar, 4 j. li, T., 1978—79; Vafoning uzun yoʻli, T., 1988.

Ad. Vladimirova N., Sultonova M., Qahramonning shakllanishi, T., 1968; Boy-qobilov B.. Shermuhamedov P.. Ijodning yulduzli onlari, T., 1979.