HAMZA SHINVORAY

HAMZA SHINVORAY Abdumurod (1907—Peshovar sh. — 1994) — afgʻon shoiri. Ijodi 1923-y. dan boshlangan. Lirik gʻazalnavis shoir sifatida tanilgan; hofizona ishqiy gʻazallari bilan katta shuhrat qozongan. Asarlarida pushtun xalqining orzu-umidlari, gʻam va hasratlari, ozodlik uchun kurashlarini yuksak badiiy saviyada kuylagan («Uygʻonish», 1352). Hamza Shinvoray 50-y. larda ilk bor shoir Xushholxon Xat-tak (17-a.) sheʼriyatining maʼno va badiiy olami haqida yirik tadqiqot ishlarini olib borgan. 6 jildli asarlar toʻplami chop etilgan. Ularning asosiy qismini gʻazal, ruboiy, qitʼ-alar ham u yoki bu munosabat bilan yozilgan masnaviy, muhammas, qasida yoki boshqa janrlardagi sheʼrlar tashkil etadi. Hamza Shinvorayning «Nido», «Ilm tolibiga», «Oʻzlik», «Sufiyga xitob», «Yosh afgʻon qoʻshigʻi», «Pushtunga», «Dard», «Zugʻum», «Komil inson», «Millat birligi» va b. shu kabi sheʼrlari shoirning vatan va millat dar-diga hamohang ijodining yorqin namunalaridir.