HAMZA al-ISFAHONIY

HAMZA al-ISFAHONIY, Abu Abdulloh ibn al-Hasan (taxm. 893—961 va 971-y. lar oraligʻi) — Eron tarixchisi va adibi. Arab tilida ijod qilgan. 12ta asaridan 3 tasi bizning davrimizgacha yetib kelgan. Olimning «Umumiy tarix» asarida Eron tarixiga oid noyob faktik materiallar jamlangan. Hamza al-isfahoniy al-I. arab manbalaridan tashqari, bizgacha yetib kelmagan oʻrta fors manbasi «Xvadaynamak» va islomgacha Eronga oid boshqa yozma va ogʻzaki (zardush-tiy kohinlari aytganlaridan yozib olingan) axborotlardan foydalangan. Asar 961-y. gacha voqealarni qamrab olgan.