HAMDONIYLAR

HAMDONIYLAR — Suriya va mesopotamiyada hukmronlik qilgan arab sulolasi (905—1004). Asoschisi Hamdon xalifalikka qarshi kurashda xorijiylar bilan birlashgan. Uning Abbosiylar xizmatiga kirgan oʻgʻillaridan biri Mosul sh. ga noib etib tayinlangan (905). Nosi-ruddavla davri (929—969)da Suri-yagacha boʻlgan hududlar Hamdoniylar davlatiga qoʻshib olingan. Karvon savdosi yoʻliga joylashgan Hamdoniylar davlati ancha rivoj topgan. 968-y. H. buvayhiylar bilan boʻlgan jangda yengildilar. 944-y. H. dan Sayfuddavla Suriyadagi ixshidiylar sulolasi bilan urushib, Halab, Xims va b. shaharlarni egalladi va Suriyada Hamdoniylarning yangi sulolasiga asos soldi (944). Uning oʻgʻli Saʼduddavla davri (967—991) da Hamdoniylar davlatiga qoʻshni Vizantiya davlati bir necha marta hujum qilib, Halab, Xims sh. larini egalladi. Hamdoniylar yunonlarga tobe boʻlib qoldi. Hamdoniylarning oxirgi shohi qatl etilgach (1002), ularning davlati tanazzulga uchragan. 1004-y. Fotimiylar Suriyadagi Hamdoniylar davlatini oʻzlariga tobe etdilar.