HAMDAMIY

HAMDAMIY Bahrom (1910, Toshkent — 1942, frontda halok boʻlgan) — rassom, Oʻzbekiston rassomlari uyushmasining tashkilotchilaridan. Toshkent rassomlik texnikumida A. Volkovdan taʼlim olgan (1930 — 36); Moskva, Leningradda ijodiy safarda boʻlib malakasini oshirgan. Hamdamiy asarlarida kunning dolzarb voqealarini,ʻ xalq hayotini tasvirladi: «Kolxozchilar» (1933), «Kolxoz choyxonasi-da» (1936) – Sharq muzeyida; «Avtoportret» (1939, 1941); «Ish tugadi» («Langar kanali quruvchilari», 1939), «Bobom—shoir Muztarib portreti» (1939) — Oʻzbekiston sanʼat muzeyida. Navoiy asarlari asosida «Farhod sah-roda» (1940), «Farhod Xusrav asiri» (1941) kabi asarlar yuzaga keldi. «OʻzTAG oynasi» gshakatlarini tayyorlashda katnashgan (1941—42). R. Ahmedov, 3. Inogʻomov va b. ga dars bergan.

Ad..Taktash R. X., Baxram Xamdami, T., 1969.