HAMD (arab. — ulugʻlanish, taʼriftavsif, madh) — biror kimsa shaʼ-niga maqtov sheʼr. Sharq mumtoz adabiyotida Allohni madh etuvchi Hamdlar koʻp yaratilgan, ular odatda doston muqaddimasining maxsus bobi boʻlgan. Mas, Alisher Navoiy, Mashrab, Munis, Ogahiy va b. shoirlar devonlari Hamd gʻazallar bilan boshlanadi. Hamd gʻazallar 2 xil boʻla-di: tavhid H. lar, munojot H. lar. Ali-sher Navoiy ijodida har ikki koʻrinishdagi Hamd gʻazallar koʻp uchraydi. ayniqsa uning «Xamsa» sidagi dostonlarda Hamdning goʻzal namunalari bor. Oʻtmishda nasriy asarlar ham qisqacha Hamd bilan boshlangan. Shuningdek, qadimgi turkiy, arab va fors adabiyotida paygʻambarlar, shohlar va b. shaʼniga ham Hamdlar bitilgan.
Ad.: Gʻafforova 3., Navoiyninghamd va naʼt gʻazallari, T., 2001.