HALOL

HALOL (sportda) — oʻzbek kurashi atamalaridan biri. Halol bellashuv paytida sof gʻalabani bildiradi. kurashchi usul ishlatib raqibining ikkala kuragini gilamga tegizsa, ikkita «yonbosh» bahosini olsa, «yonbosh» olgan kurashchining raqibiga «dakki» berilsa, raqibning qoʻpol harakatlari «gʻirrom» bilan jazolansa yoki raqib 3 min. davomida gilamga chiqmasa Halol eʼlon qilinadi.