HALLOJ

HALLOJ Husayn ibn Mansur (858 — 922) — tasavvufyaati oʻta soʻl oqimning yirik vakili. Gʻoyaviy jihatdan qarmatlarta yaqin boʻlgan. Tur, Baydo, Basra, Bagʻdod sh. larida bilim olgan. Musulmonlarning ayrim odatlariga va shariatning baʼzi qoidalariga zid fikrlar aytgan. islomning Alloh toʻgʻrisidagi tavhid aqidasiga zid ravishda xudo insonda namoyon boʻladi, inson va umuman moddiy olam xudoning jilolanishi, «Men haq (xudo) man («Ana-l-haqq»), mening oʻzligim — xudoning oʻzligidir, degan fikrni ilgari surgan va bu fikr bilan vahdati-vujud taʼlimotiga yoʻl ochgan. Halloj oʻz gʻoyalarini Oʻrta Osiyo, Hindiston, Iroq va b. mamlakatlarda targʻib qilgan va mux-lislar orttirgan. Shariat peshvolari Hallojni bidʼatchilikda va shakkoklikda ayblab, qatl etishga hukm chiqarganlar.