HALAB

HALAB, Aleppo (qad. nomi Beroyya) — Suriyaning shim.-gʻarbiy qismidagi shahar. Halab muhofazasining maʼmuriy markazi. Aholisi 1,6 mln. kishi (1994). Iqgisodiy va madaniy ahamiyati boʻyicha mamlakatda Damashq sh. dan keyin 2-oʻrinda. Transport yoʻllari chorrahasi. Q. x. (chorvachilik, don, paxta, zaytun, uzum) rayonining savdo markazi. Toʻqimachilik, koʻn-poyabzal, se-ment, oziq-ovqat sanoati korxonalari, traktor z-di mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan: turli badiiy va uy-roʻzgʻor buyumlari tayyorlanadi. Gilam, shoyi toʻqiladi. Un-t, milliy muzey bor. shahar mil. av. 20-a. dan maʼlum. Meʼmoriy yodgorliklardan 12—16-a. larga oid binolar (qalʼa, shahar devori qoldiqlari, masjid-madrasalar, bozor rastalari va b.) saqlangan.