HAL

HAL (arab.) — eritilgan oltin, kumush va b. metallar kukuni:

1) zargarlikda biror metall yuzasiga (kumushga oltinni, metallga esa kumushni) yugurtirish uchun ishlatiladi hamda shunday eritmani biror buyumga yopishgani ham Hal deb ataladi;

2) naqqoshlik (jumladan, meʼmorlik)aa naqshni boʻyashda keng qoʻllanadi. Bunda oltin, kumush, bronza kukuni lok, alif yoki yelim bilan aralashtirilib boʻyoq tayyorlanadi, shu boʻyoqda naqsh boʻyaladi, zarhallanadi. Baʼzan bezak yuzasiga lok surtib ustiga Hal purkab pardoz beriladi. Halga tuxum (tillaga sarigʻi, kumushga oqi) qoʻshilsa, boʻyoq yaltiroqlik xususiyatini yaxshi saqlaydi. Oʻzbekiston hududidagi meʼmoriy obidalar Hal aralashmali boʻyoqlar bilan pardozlangan (mas, Amir Temur maq-barasi, Tillakori madrasa va b.).