HAKIMOV Xoji Akbarovich

HAKIMOV Xoji Akbarovich (1909.15.5 — Toshkent — 2001.23.11) — xirurg, gematologiya va transfuziologiya xizmati tashkilotchilaridan. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1969), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan vrach (1944). Tibbiyot fanlari nomzodi (1959). Oʻrta Osiyo tibbiyot in-tini tugatgach (1933), shu in-t xirurgiya klinikasida ordinator (1933—37), Ohangaron tuman shifoxonasi bosh vrachi (1937—38), Toshkent viloyati Sogʻliqni saklash boʻlimi boshligʻi (1938—39), Sogʻliqni saqlash xalq komissari oʻrinbosari (1939—40), urush qatnashchisi (1941—45), 1946-y. dan respublika sogʻliqni saqlash vaziri muovini. Oʻzbekiston gematologiya va qon quyish i. t. insgituti direktori (1961 — 84), 1985-y. dan ilmiy maslahatchi.

Ilmiy faoliyati gematologiya va qon quyish masalalariga oid.