HAKIMOV

HAKIMOV Olim (1919.12.5 – Boʻstonliq tumani, Burchmulla qishlogʻi — 2003.20.11) — 2-jahon urushi qatnashchisi, mayor. 1939-y. dan armiya-da. 1941-y. Leningrad harbiy siyosiy bilim yurtini tugatgan. 487-oʻqchi polki batalyoni (1-Belorussiya fronti 47-armiyaning 143-oʻqchi diviziyasi) ofitseri. 1945-y. 16 yanv. da Polshaning lomna aholi punkti yonida Visla daryosini kechib oʻtib, plasdarmda boʻlgan jangda koʻrsatgan jasorati uchun Qah-ramon unvoni berilgan (1945-y. 27 fev.). Urushdan soʻng turli rahbar la-vozimlarda ishlagan.