HAKIMOV

HAKIMOV Neʼmatjon (1924-y., Andi-jon sh. — 1944.28.1, Volin viloyatining Manevichi tumani) — 2-jahon urushi qatnashchisi, katta serjant. 1943-y. sent. dan frontda. 115-otliq askarlar polki (1-Ukraina fronti 13-armiya 6-gvardiyachi otliq askarlar korpusining 8-gvardiyachi otliq askarlar diviziyasi) vzvod komandiri yordamchisi. 1944-y. 28 yanv. da Kozlinichi qishlogʻi (Volin viloyati, Manevichi tumani) yaqinidagi Stir daryosi yonidagi jangda jasorat qoʻrsatib halok boʻlgan. Oʻlimidan soʻng Qahramon unvoni berilgan (1965-y. 6 may). Manevichi tumanidagi balandlik yonida, Andijon sh. dagi maydonda va 32-,37-maktablar oldida byusti oʻrnatilgan. Volin viloyatining Lusk sh. dagi koʻchalardan biriga uning nomi berilgan.