HAKIMOV Akbar Abdullayevich

HAKIMOV Akbar Abdullayevich (1949.9.8, Termiz sh.) — sanʼatshunos, Oʻzbekiston BA akad. (1997), sanʼatshunoslik fanlari d-ri (1993), prof. (1996). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tini tugatgan (1972). 1969-y. dan Sanʼatshunoslik in-tida katta laborant, ilmiy xodim (1979—82), boʻlim mudiri (1982 — 92), direktor oʻrinbosari (1992 — 97; 2000-05 ylarda direktor vazi-fasini bajaruvchi); 2005-y. dan yetakchi ilmiy xodim. Ayni paytda Oʻzbekiston BA bosh ilmiy kotibi (1997—2005). Hakimovning ilmiy ishlari Oʻrta Osiyo badiiy hunarmandligi masalalarini oʻrganishga bagʻishlangan. Hakimov bir qancha xalqaro ilmiy anjumanlar qatnashchisi, qoʻrgazmalar loyaihasi va ularga tuzilgan kataloglar hammuallifi («Orol fojiasi», «Oʻzbekiston — Amir Temur vatani» va b.) «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan (2000).

As: Iskusstvo Sentralnoy Azii, L., 1987; Sovremennoye dekorativnoye iskusstvo Sent-ralnoy Azii, T., 1988; Sovremennaya dekora-tivnaya plastika respublik Sredney Azii, T., 1999; Iskusstvo natsiy, M., 2000.