HAKIMJONOV

HAKIMJONOV Abdumajid (1904-Toshkent — 1990) — grafik rassom, Oʻzbekiston xalq rassomi (1950). Havaskor bolalar toʻgaraklarida rasm chizishni oʻrganib, Turkiston rassomlik texnikumida oʻqigan (1920—23). 1921-y. dan «Bolalar dunyosi» jurnali sahifalarida rasmlari bosilgan. 1923—26 y. larda Leningradda koʻp rangli mat-baa boʻyicha malaka oshirib, Toshkentga qaytgach, 1964-y. gacha rangli magbaa sohasida ishlab, koʻpgina shogirdlar yetishtirgan. Respublika gazeta va jur-nallari, ayniqsa «Mushtum» sahifalarida satirik ruhdagi rasmlari, pla-katlari bosilgan.