HAKIM NAZIR

HAKIM NAZIR (Nazarov Hakim nazirovich) (1915.15.10, Toshkent) — bolalar yozuvchisi. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1984). Toshkent kechki ped. in-ti (1941) va Moskvada Oliy adabiyot kursini (1956) tugatgan. Yoshlar gaz. va jur. larida (1933-41), Oʻzbekiston radio qoʻmitasida (1942 — 53), Badiiy adabiyot va sanʼat nashriyotida (1956—61) ishlagan. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida masʼul kotib (1953—54), adabiy maslahatchi (1954—78). Ilk hikoyalar toʻplami — «Qishloqdagi jiyanlarim» (1948)da qishloq bolalarining hayoti va mehnati tasvirlangan. Oybek, Abdulla Qahhor va b. ijodidan mahorat sirlarini oʻrgangan. «Koʻkorol chiroqlari» qissasi (1954; qayta ishlangani — «Soʻnmas chiroqlar», 1958)da mehnat jarayonida yoshlar xarakteridagi ijobiy fazilatlar shakllanishi tasvirlangan. «Suv gadosi…» (1962), «Yonar daryo» (1965) qissalarida choʻlga obi-hayot keltirish, gaz konini ochish uchun kurashayotgan yoshlar obraziʻ yaratilgan. «Lochin qanotlari» romanida (1973) 2-jahon urushi davri voqealari aks etgan. «Koʻkterak shabadasi» qissasi (1968) katta yoshdagilarga bagʻishlangan. «Kenjatoy» qissasi, «Chiranma gʻoz — hunaring oz» pyesasi, ocherklar, hikoya va maqolalar muallifi. A. Gay-dar, P. Pavlenko, L. Kassil, V. Ka-tayev va b. ning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1981).

As: Tanlangan asarlar [5 j. li], T., 1977-81; Vetrm Kok-teraka. Povest i rasska-zn. M., 1961; Sabir-vnuk. Nadire, Povest, M., 1979.

Ad.: Normatov M., Hakim Nazir. Ijodiy yoʻli. T., 1973.