HAKAM II

HAKAM II, al-Mustansir billoh (? — 976) — umaviylaryaan boʻlgan Qurtuba xalifa,tgi xalifasi (961-y. dan). Otasi Abdurahmon III ning siyosatini davom ettirib Ispaniyaning xristian qirolliklari — Leon va Navarra bilan muvaffaqiyatli kurash olib borgan; 966-y. ularni xalifalik uchun manfaatli boʻlgan sulh shartnomasi tuzishga majbur qilgan. Shu yili Hakam II qoʻshini normannlar hujumini daf qilgan. Hakam II musulmon Ispaniyasi madaniyatini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi, bu yoʻldagi saʼy-harakati bilan shuhrat qozongan. Uning hukmronligi davrida QurTuba Gʻarbiy Yevropaning eng yirik madaniy markaziga aylangan.