HAYKAL

HAYKAL (arab. — katta, ulugʻ shakl) — 1) tasviriy sanʼat asari; haykal-taroshlikt tosh, yogʻoch, suyakni yoʻnib, oʻyib, metall (asosan, bronza, zanglamaydigan poʻlat), beton, gipsni qolipga quyib, qotirib, sopol, chinni haykalchalar tayyorlashda loyga shakl berib, keyin qizdirib ishlanadi. Monumental (ochiq havoda), dast-gohli (bino ichida), bezak (meʼmorlik, bogʻ-parkda), juda kichik hajmda ishlanadigan (uy ichida bezak vazifasini oʻtovchi) xillari bor;

2) zargarlik buyumi; qoraqalpoq ayollarining murakkab koʻkrak taqinchogʻi. Haykel deb ham ataladi. Zebigardonnint eng qad. va aniq nomi. Haykal asosiy turunj va boʻyinga osiladigan zanjirli qismlardan iborat: yuzasi bosma naqshlar bilan bezatilgan turunj qismi hajmdor boʻlib, yirik marjonli koʻzlar qadalgan yapaloq naycha va uning ustki va ostki tomoniga kungurador («ona — maʼbuda» tasvirini ifoda-lovchi) shakllar ishlangan qismlardan iborat; quyi qismi yaproqcha, du-maloq qubbachalar, zigʻiraklar osilgan zanjirli shokilalar bilan hoshiyalanadi. Qad. dan hosildorlik homiysi (tumor) sifatida qadrlangan. Haykalni raqqosalar milliy kiyimning tarkibiy qismi sifatida taqadilar.