HAYDAROV

HAYDAROV Qodirjon (1899, Qoʻqon — 1983.15.12) — yogʻoch oʻymakori, Qoʻqon yogʻoch oʻymakorlik maktabining yirik vakili, ustazoda. Oʻzbekiston xalqrassomi (1963). Oʻymakor usta Hai-dar Najmiddinovning oʻgʻli. Hunarni otasi bilan birga ishlab oʻrgangan. Otasi bilan Qoʻqon hunarmandlik maktabida dars bergan (1919—20-y. lar), 1923-y. da Moskvadagi xalq xoʻjaligi koʻrgazmasida ishladi; 1925—29 y. larda Qoʻqondagi Narimonov nomidagi in-ternatda, 1929— 31 y. larda Qoʻqon sh. dagi yosh duradgorlar toʻgaraklariga boshchilik qildi. 1931— 33 y. larda rab-fakda oʻqidi. «Yangi maʼdan» artelida usta (1936—54), Qoʻqon muzeyida taʼmirlovchi usta (1954—57). Haydarov ustun, kursi, stol, xontaxta, quti, eshik, panjara, karavot va b. buyumlarni jo-zibador bezab shuhrat qozondi. 1958-y. dan Toshkentdagi Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyi va Oʻzbekiston BA Markaziy koʻrgazmalar zali eshiklari, Toshkent sirki binosi uchun namoyonlar va b. koʻpgina oʻymakori asarlar yaratdi, anʼanaviy naqsh mujas-samotlarini yangi ohanglar bilan boyitdi. Haydarovning Qoʻqon yogʻoch oʻymakorligi maktabining milliy anʼanalarini saqlab qolish va uni rivojlantirishda xizmatlari katta; koʻplab shogirdlar (X. Umarov, S. Ergashev, U. Uma-rov, A. Abdullayev va b.) tayyorlagan.

Haydarov asarlaridan namunalar respublika va chet mamlakatlar muzeylari va xususiy toʻplamlarda saklanadi. Ham-za nomidagi Oʻzbekiston Davlat muko-foti laureati (1970). Oʻzbekiston BA Qoʻqon tasviriy va amaliy sanʼat kol-lejiga Haydarov nomi berilgan.

Ad.: Toqtosh R., Usta Qodirjon Haydarov. T., 2003.