HAYDAROV Oʻtkirbek Abdujalilovich

HAYDAROV Oʻtkirbek Abdujalilovich (1974.25.1, Andijon sh.) — bokschi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi (2000), «Oʻzbekiston iftixori» (1999). 75 va 81 kg vazn toifalarida Oʻzbekiston (1996, 1998, 2000), Osiyo (2002, Seremban), Osiyo oʻyinlari (2002, Pusan) va Afro-Osiyo oʻyinlari (2003, Haydarobod) chempio-ni. Jahon chempionatining oltin (1999, Xyuston), kumush (2001, Belfast) va bronza (2005, Xitoy) medali sovrin-dori, Yaxshi niyat oʻyinlari (2001, Brisben) va olimpiada oʻyinlari (2004, Afina)ning bronza medali sohibi. Andijon un-tini tugatgan (2002), «Dinamo» sport jamiyatida boks boʻyicha yoʻriqchi (1996—2000). 2000-y. dan Andijon viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimi. «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan (2004).