HAYVONLAR YOGʻI

HAYVONLAR YOGʻI — baʼzi hayvonlarning yogʻ toʻqimalaridan yoki sutidan olinadigan mahsulot. Mol, qoʻy yogʻi va b. H. yo. oziq-ovqat mahsuloti hisoblanadi. Mas, sigir sutidan olinadigan yogʻdan sariyogʻ tayyorlanadi. Dengizlarda yashaydigan sut emi-zuvchilar va baliqlar yogʻi tibbiyot-da, atir-upa sanoatida, margarin i. ch. da va b. maqsadlarda qoʻllanadi (Q. Yogʻ).