HAZRATI BASHIR OTA MASJIDI

HAZRATI BASHIR OTA MASJIDI — Shahrisabzdagi meʼmoriy yodgorlik (15-a. 2-yarmi); Ulugʻbekning doʻsti olim Bashir ota (Said Ahmad, vafoti 1461—62) nomi bilan bogʻliq. Masjid katta xonaqoh va maqbaradan iborat. Bashir ota qabri ustidagi sagʻana saqlangan. Sagʻana 2 pogʻonali asos ustiga oʻrnatilgan, oʻyma naqshlar bilan bezatilgan. 18-a. da uning ustiga sinchli, devorlari loy suvoqti, 4 ta yogʻoch ustunga oʻrnatilgan shifti yassi toqili masjid qurilgan.