HAZORALAR

HAZORALAR — Afgʻoniston (1,7 mln. kishi, 1990-y. lar oʻrtalari) va Eron (220 ming kishi)dagi xalq. Eron tillari guruhiga mansub tilda soʻzlashadi. Dindorlari — shia musulmonlari. Hazoralarning asosini moʻgʻul tilida soʻzlashuvchi koʻchmanchilar tashkil qilgan, lekin ularning etnogenezida turkiy va eroniy koʻchmanchilar ham ishtirok etgan. Hazoralar Chingizxon davridan qolgan moʻgʻul askarlarining avlodlari boʻlsa kerak. 19-a. oxirida afgʻon amiri Ab-durahmon koʻchmanchi afgʻonlar (push-tunlar) yordamida Hazorajatni egal-lab olgan va bu yerni ularga yozgi yay-lov qilib bergan. Asosiy mashgʻuloti — dehqonchilik, chorvachilik va hunar-mandchilik.