HAJJOJ ibn YUSUF

HAJJOJ ibn YUSUF, al-Haj joj as-Saqafiy (660, Toif — 714, Vosit) — umaviylarnnig Hijoz (692—694) va Iroqdagi (694-y. dan) noibi, xatib. Toifda dars berish bilan shugʻullangan, soʻngra Damashqda xalifa Abdulmalik ibn Marvonning noibi Ruh ibn Zinboʼning shaxsiy qoʻriqchilari boshligʻi. 691—692-y. larda Makkada isyon koʻtargan Ab-dulloh ibn az-Zubayrga qarshi kurashgan umaviylar qoʻshini qoʻmon-doni. Xalifa uni Hijoz, Yaman, Yamoma voliysi etib tayinlagan, keyinchalik unga Iroqni ham bergan. Umaviylarning siyosiy muxo-liflariga nisbatan shafqatsizligi bilan shuhrat qozongan. 700-y. da moliya va soliq islohoti oʻtkazgan, Vosit sh. ga asos solgan, Furot va Dajla daryolarining quyi oqimi boʻylaridagi botqoqliklarni quri-tib, q. x. ekinlari ektirgan, sugʻorish kanallarini qayta tiklagan. Bu tadbirlar natijasida Umaviylar hokimiyati mustahkamlangan, Oʻrta Osiyo va Oʻrta Sharqda bosqinchilik siyosati olib borish imkoniyati tugʻilgan. Bosqinchilik yurishlari Hajjoj ibn yusuf ibn Yu. rahbarligi ostida, unga tobe arab sarkardalari tomo-nidan olib borilgan (q. Kutayba ibn Muslim). Arab yozuvida nuqta va harakat belgilari qoʻyilishi joriy qilinishini Hajjoj ibn yusuf ibn Yu. nomi bilan bogʻlaydilar.

Mahfuza Alimova.