HAVO NAMLIGI

HAVO NAMLIGI — havodagi suv bugʻi miqdori. Ob-havo va iqlimning asosiy xususiyatlaridan biri. Quyidagi koʻrsatkichlari bilan ifodalanadi:

1) havodagi suv bugʻlari elastikligi ye (parsial bosim) mm yoki mb da oʻlchanadi;

2) mutlaq namlik; 1 g/sm3 hajmdagi havoda mavjud boʻlgan suv bugʻlari miqdori; g/m-ʻ bilan oʻlchanadi;

3) nisbiy namlik g — havo tarkibidagi suv bugʻi elastikligining xuddi shu t-radagi toʻyingan suv bugʻi elas-tikligiga nisbatini ifodalaydi, yaʼni g ~ u-100% ; % bilan ifodalanadi;

4) namlik yetishmovchiligi a1 — maʼlum t-radagi toʻyingan suv bugʻi elastikligi Ye bilan havo tarkibidagi mavjud suv bugʻi elastikligi ye ayirmasiga teng, yaʼni a»= Ye—ye;

5) shud-ring nuqtasi t — oʻzgarmas bosimda havo tarkibidagi suv bugʻlarining toʻyinguniga qadar sovitish uchun lo-zim boʻlgan t-ra.