HAVO MASSALARI

HAVO MASSALARI — atmosferaning quyi qatlami — troposferannj tarkibiy qismlari. Bir-biridan atmosfera frontlari deb ataladigan oraliq zonalar bilan ajraladi. Havo massalarining sovuq, iliq va mahalliy turlari bor. Trasi yuqoriroq yerlarga borayotgan havo sovuq, oʻz trasiga nisbatan sovuqroq oʻlkalarga harakatlanayotgan havo iliq, uzoq vaqt bir joyda turib qolgan havo mahalliy Havo massalari deyiladi. Geografik oʻrniga koʻra, Havo massalari 4 zonal tipga boʻlinadi: yer sharining sovuq tabiatli yuqori geografik kengliklarida tarkib topgan arktika havosi, oʻrtacha geografik kengliklarda tarkib topgan qutbiy (moʻtadil) havo, tropik va qisman subtropik kengliklarda tarkib topgan tropik havo, quyi geografik kengliklarda (ekvator atrofida) tarkib topgan ekvator Havo massalari Har bir tipning oʻzi yana dengiz va quruqlik H. m. ga ajratiladi.

Havo massalarini yanada mayda (murakkab) tarkibiy qismlarga ajratish mumkin. Yer sharining turli hududlari uchun Havo massalarining statistik maʼlumotlari aniqlangan. Havo massalari tushunchasi iqlimshunoslik va sinoptik meteoro. yugiyaning asosiy tushunchalaridan hisoblanadi.