HAVO AYLANISHI

HAVO AYLANISHI (SIRKULYATSIYASI) — yer sirtida qalin (oʻnlarcha km gacha) havo (atmosfera) qatlamining oʻziga xos koʻchib yurishi; toʻxtov-siz yuz berib turadi. Koʻp yillik shamol xaritalari va atmosfera bosimlarining oʻrtacha koʻrsatkichlari boʻyicha Havo aylanishining umumiy qonuniyatlarini aniqlash mumkin (q. Atmosfera sirkulyatsiyasi).