CHIZIQLI TENGLAMALAR

CHIZIQLI TENGLAMALAR (matematikada) — nomaʼlumlarning faqat birinchi darajalari aniq koeffitsiyentlar bilan qatnashib, ularning yuqori darajalari, oʻzaro koʻpaytmalari va murakkab funksiyalari qatnashmagan tenglamalar. Bir nomaʼlumli Chiziqli tenglamalar ax= koʻrinishda boʻladi. Bir necha nomaʼlumli hollarda esa Chiziqli tenglamalar sistemalari bilan ish koʻriladi. Aniqlovchi va matritsa toʻgʻrisidagi taʼlimotlar paydo boʻlganidan keyin Chiziqli tenglamalar nazariyasi rivojlandi. Chiziqlilik tushunchasi algebrik tenglamalardan mat. ning boshqa sohalaridagi tengliklarga koʻchiriladi. Mac, chiziqli differensial tenglama nomaʼlum funksiya va uning hosilalari chizikli, yaʼni 1darajaliga kiradigan tenglamadir.