CHAD

CHAD — Markaziy Afrikadagi oqmas koʻl. Nigeriya, Niger, Chad va Kamerun hududida, 240 m balandlikda. Uz. 270 km, eni 150 km gacha. Mayd. 10 mingdan 26 ming km2 gacha (Ch. ga quyiladigan okim mikdorining kup yillik oʻzgarishiga bogʻliq), chuq. 4 m dan 11 m gacha. Iqlim namligi yuqori boʻlgan davrda, yaʼni 5—6 ming yil avval koʻl mayd. 400 ming km2 ga yetgan. Gʻarbiy va jan. qirgʻoqlari past, botqoqlashgan, shim. sharqi va sharqi kuchli yemirilgan, ular yaqinida orol kup. Chadga Shari va KomaduguYobe daryolari kuyiladi. Koʻlning daryo deltalari yakinida suvi chuchuk, qolgan qismida shoʻr. Chadda suvning yer ostita singib atrofdagi grunt suvlarini taʼminlab turishi natijasida koʻlning suvi muntazam almashinib turadi. Begemot, lamatin, timsoxdar, suv va botqoq parrandalari yashaydi. Baliq turi koʻp. Kema qatnaydi.