CHAGOS ARXIPELAGI

CHAGOS ARXIPELAGI — Hind okeanidagi orollar, Buyuk Britaniya mulki. Mayd. 200 km2. Ch. a. ni Maldiv suv osti tizmasining marjon riflari bilan oʻralgan choʻqqilaridan iborat 5 ta atollar guruhi tashkil etadi. Kokos palmazorlari bor. Baliq ovlanadi va eksport kilinadi. Diyego-Garsiya o. arxipelag tarkibida.