CHAVES

CHAVES (Chavez) Frias Ugo Rafael (1954.28.7, Barinas shtati) — Venesuela davlat arbobi. Harbiy bilim yurtini tugatgan (1975). KOMAKATE tashkilotida hukumatga qarshi yashirin faoliyat bilan shugʻullangan. 1980-y. lar oxiri — 1990-y. lar boshida tashkilot harakati faollashgan. Chaves 1992-y. 4 fev. dagi armiya kolonnalari isyoniga rahbarlik qilgan, ammo hukumat isyonni bostirishga erishgan va Chaves qamoqqa olingan. 1994-y. avf etilgan; ozodlikka chiqib yana siyosat bilan shugʻullangan. Prezident saylovi kampaniyasida qatnashib, gʻolib chiqqan va 1998-y. dek. dan Venesuela Bolivar Respublikasi prezidenti.