CHAVANDOZLAR

CHAVANDOZLAR — 1) bir qator antik davlatlar (Qad. Afina, Rim va Fessaliya)da aslzodalar qatoridagi imtiyozli tabaqa. Ular aslzodalar kabi katta mulklarga ega boʻlgan. Chavandozlar tarkibiga katta yer egalari, harbiylar, sudxoʻrlar, yirik savdogarlar va b. kirgan;

2) Sosoniylar Eronidagi alohida ijtimoiy tabaqa boʻlib, Gʻarbiy Yevropadagi ritsarlikka yaqin turgan;

3) ot choptirish, uloq chopish, otda oʻynash sanʼatini egallagan odam.