CHABUKIANI Vaxtang Mixaylovich

CHABUKIANI Vaxtang Mixaylovich [1910.27.2(12.3) Tbilisi 1992] balet artisti, baletmeyster, balet maktabining yirik ustalaridan. Xalq artisti (1950). 1929—41 y. lar Leningrad opera va balet teatrida, 1941—73 y. lar Gruziya opera va balet teatrini, shuningdek, 1950—73 y. lar Tbilisi xoreografiya bilim yurtini boshqargan. Bazil («Don Kixot»), Otello («Otello»), Albert («Jizel»), Zigfrid («Oqqush koʻli»), Jerom («Parij alangasi») kabi partiyalari bilan balet choʻqqisiga koʻtarilgan. «Sinatle» (G. V. Kiladze), «Gorda» (D. A. Toradze), «Appassionata» (L. Betxoven) va b. baletlarni sahnalashtirgan.