AGLOMERATSIYA, aholi punktlari aglomeratsiyasi — aholi punktlari, asosan shaharlar, shuningdek qishloqlarning intensiv xoʻjalik, mehnat va madaniymaishiy hamda rekreatsion aloqalar bilan bogʻlanib, yagona birlikni tashkil qilgan kompakt hududli guruhi. Aholining guruh boʻlib joylashishining eng rivojlangan shakllaridan biri. Shaharlarda (asosan yirik shaharlar atrofida) aholining toʻplanishi asosida vujudga kelgan va rivojlangan.
Monotsentrik Aglomeratsiya va politsentrik Aglomeratsiya boʻladi. Aglomeratsiya uchun aholi yashaydigan hududlarning yaqinligi, aholining mehnat qilish uchun shahar atrofidan shahar markaziga borishi xos. Urbanizatsiya jarayonida Aglomeratsiya dunyo boʻyicha koʻpayib bormoqda. Oʻzbekistonda 2 yirik Aglomeratsiya (Toshkent, Fargʻona-Margʻilon) bor. Toshkent A. p. a. da 60% shahar va 40% qishloq aholisi, Fargʻona-Margʻilon Aglomeratsiyada 50% shahar aholisi va 50% qishloq aholisi yashaydi (1999).