AGER PUBLIKUS

AGER PUBLIKUS (lot. Ager publicus — jamoat yeri) — qad. Rimdagi davlat yer jamgarmasi; rimliklar tomonidan boʻysundirilgan joylardagi yerlar. Undan foydalanishning turli usullari boʻlgan; koʻp qismini patritsiylar egallab olib, oʻz xususiy mulkiga aylantirgan. Llebeylariyant patritsiylarga qarshi kurashining birdan-bir sababi ham Ager publikusni qayta boʻlish va undan foydalanish masalasi edi. Bunday kurash bir qancha agrar qonunlar (mas, Litsiniy Sekstiy va Grakxlar qonunlari)ni vujudga keltirdi. Imperiya davrida jamoa yerlari qolmadi, viloyatdagi hamma yerlar davlat hisobiga oʻtdi.