AVUARLAR (frans. avoir — mulk) — 1) bankning toʻlovlar toʻlanadigan va majburiyatlar qoplanadigan mablagʻlari (chek, veksel, pul oʻtkazmalari, akkreditivlar, qimmatbaho qogʻozlar, oltin, chet el valyutasidagi pul vositalari);
2) banklarning xorijiy mamlakat banklarida saqlanayotgan chet el valyutasidagi mablagʻlari. Bunday mablagʻlar odatda xorijiy Avuarlar deb ataladi va mablagʻ joylashtirilgan mamlakat yurisdiksiyasiga boʻysunadi;
3) xususiy shaxs va tashkilotlarning banklardagi omonatlari.