AVTOXORIYA

AVTOXORIYA (avto… va yun. choreo — surilaman) — oʻz-oʻzidan tarqalish; meva, urugʻlarning tashqi omillar taʼsirisiz oʻz-oʻzidan toʻkilishi, sochilishi va tarqalishi. Avtoxoriya turli shaklda sodir boʻladi: yaxshi pishgan mevadan urugʻning faol toʻkilishi (mexanoxoriya); mevaning tuproqni yorib chiqishi (geokarsiya); meva va urugʻlarning biror ogʻirlik kuchi taʼsirida toʻkilishi (baroxoriya).