AVTOPOLIPLOIDIYA, autopoliploidiya (avto… va poliploidiya) — bir turga mansub oʻsimliklar, kamdankam hollarda hayvonlar hujayralarida xromosomalar toʻplami sonining bir necha marta koʻpayishidan iborat irsiy oʻzgarish. Avtopoliploidiya oʻsimliklar va hayvonlar ontogenezida, shuningdek oʻsimliklar filogenezida, hayvonlar partenogenezida muhim ahamiyat kasb etadi. Sunʼiy yoʻl b-n (yuqori t-ra, nurlantirish, kimyoviy birikmalar taʼsirida) paydo qilingan Avtopoliploidiya orqali grechixa, javdari, qand lavlagi va b. ning yangi navlari olingan.