AVTONOMOV Anatoliy Ivanovich

AVTONOMOV Anatoliy Ivanovich (1898.24.2, Ivanovo-Voznesensk — 1968. 27.4, Toshkent) — seleksiyachi olim, Oʻzbekiston FA muxbir aʼzosi (1952), prof. (1955), Oʻzbekistoda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1944). Ivanovo politexnika in-ti tugatgan (1925). Turkiston seleksiya st-yasi filiali mudiri (Bayramali sh., 1925 — 30). Butunittifoq paxtachilik in-tining Markaziy seleksiya st-yasida sektor mudiri (1930 — 55), Toshkent Qishloq xoʻjaligi in-ti paxtachilik kafedrasi mudiri (1946 – 68). Avtonomov 35-1, 35-2 ingichka tolali gʻoʻza navlari, Si-Aylend tipidagi navlar muallifi, yovvoyi peru gʻoʻzasidan foydalanib, fuzarioz viltga chidamli, koʻsaklari yirik ingichka tolali gʻoʻza navlari seleksiyasi usuliyatini ishlab chiqqan va shu asosda bir qancha gʻoʻza navlarini yaratgan.

As: Seleksiya tonkovoloknistыx sortov xlopchatnika v Uzbekistane, T., 1973.