AVTOMOBIL TIRKAMASI

AVTOMOBIL TIRKAMASI — yuk avtomobiliga tirkaladigan bir, ikki yoki koʻp oʻqli dvigatelsiz arava. Odam va yuk tashiydigan hamda maxsus Avtomobil tirkamasi boʻladi. Odam tashiydigan Avtomobil tirkamasi avtobuslarga tirkaladi. Yuk A. t. ning borti platformali va maʼlum yukni tashishga moslashtirilgan xillari boʻladi (mas, furgon, samosval — agʻdarma, refrijerator, ogʻir yuk tashuvchi va h. k.). Maxsus Avtomobil tirkamasi oʻziga oʻrnatilgan mashina, apparat yoki uskuna yordamida biron ishni bajarishga moʻljallanadi (A. t. ustaxona, avtolavka (koʻchma doʻkon), kompressorli uskuna (A. t-uy va b.). Bir oʻqli Avtomobil tirkamasi kupi bilan 2 t, ikki oʻqli Avtomobil tirkamasi 3—12 t gacha, ogʻir yuk tashiydigan ikki va undan koʻp oʻkli Avtomobil tirkamasi esa 60 t gacha yuk koʻtaradi. Ikki oʻqli Avtomobil tirkamasi gidravlik, pnevmogidravlik, pnevmatik va h. k. tor-mozlar bilan jihozlanadi.