AVOGADRO SONI

AVOGADRO SONI (Avogadro doimiysi) (N bilan belgilanadi) — har qanday moddaning 1 mot tarkibidagi molekulalar soni yoki moddaning gramm-atomidagi atomlar soni. U. Avogadro sharafiga shunday atalgan. Fizika va kimyodagi eng muhim universal doimiylardan biri. Avogadro sonini amalda oʻlchash usullari juda koʻp. Uni aniqlash moddalarning atom va molekulalardan tuzilganligini hamda atom, molekulalarning mavjudligini isbotlovchi asosiy dalillardan biri boʻlib xizmat qildi. Avogadro soni yordamida koʻpgina fizik doimiylar, mas, Bolsman doimiysi, Faradey doimiysi va b. aniqlanadi.